Zavodga vazirliklar va davlat organlari vakillari, energetika loyihalari tashabbuskorlari, xorijiy va mahalliy kompaniyalar keldi.
Mehmonlarga nima ko'rsatildi
Bunga zavod xorijiy hamkorlar bilan bir yarim yillik ish davomida o'zlashtirgan kabelning yangi turlari sabab bo'ldi:
- yuqori kuchlanishli kabellar;
- issiqbardosh kabellar;
- ko'p funksiyali optik kabellar.
Mahsulot IEC standartlari bo'yicha ishlab chiqariladi. «O'zeltexsanoat» uyushmasi ma'lumotlariga ko'ra, MDHda bunday kabellar faqat uchta davlatda ishlab chiqariladi, endi ularga O'zbekiston ham qo'shildi.
O'rta kuchlanishli kabellar va OKGT
Bugun TCG katalogida tikilgan polietilen izolyatsiyali 6–35 kV kabellar bor, masalan, PvBVng(A). Bunday izolyatsiya PVXdan nimasi bilan yaxshiroq ekani haqida «Tikilgan polietilen yoki PVX» maqolasida so'zlab beramiz.
Chaqmoq trosidagi optik kabel haqida — «TCG OKGT optik kabeli ishlab chiqarishni o'zlashtirmoqda» yangiligida.
Ochiq eshiklar kuni haqidagi videorolikni kompaniya o'zining Telegram-kanalida e'lon qildi.