INNOPROM — xalqaro sanoat ko'rgazmasi, 2022-yilda u Toshkentda ikkinchi marta o'tkazildi. Uning doirasida O'zbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi va ixtisoslashtirilgan sessiyalar bo'lib o'tdi:
- «Qulay shahar muhiti»;
- «Sanoat kooperatsiyasi»;
- «Katta Yevroosiyo sherikligi»;
- «Muvaffaqiyatli rivojlanish uchun yangi moliyaviy mahsulotlar».
Shartnoma
Ko'rgazmada TCG «O'zbekenergota'mir» AJ bilan hamkorlik to'g'risida kelishdi. Kompaniyalar 4,5 mlrd so'mlik kabel va sim mahsulotlarini yetkazib berish shartnomasini tuzdi. Muzokaralarda tomonlar hamkorlikning keyingi istiqbollarini ham muhokama qildi.
Energetika uchun mahsulotlar
Energetika korxonalari uchun TCG kuch va nazorat kabellari hamda havo liniyalari uchun simlar ishlab chiqaradi. Barcha guruhlar — «Mahsulotlar» bo'limida, zavod kabel yetkazib bergan obyektlar — «Loyihalar» bo'limida.