Zavod laboratoriyasi 2017-yilda tashkil etilgan, o'sha yilning 10-mayida u «O'zstandart» agentligi akkreditatsiyasini oldi. O'shandan beri unda kabellarni yong'in xavfsizligiga sinash o'zlashtirildi:
- yonishni tarqatmaslikka — IEC 60332, A F/R, A, B, C va D toifalari;
- tutun ajralishiga — IEC 61034;
- korrozion faol gazlar ajralishiga — IEC 60754, 1- va 2-qismlar.
2022-yilda nima o'zgardi
Laboratoriya standartning yangi versiyasi — O'z DSt ISO/IEC 17025:2019 bo'yicha qayta akkreditatsiya qilindi. Akkreditatsiya sohasi 85 ta sinov usuligacha kengaydi.
TCG laboratoriyasi O'zbekistonda birinchi bo'lib kabelni olovbardoshlikka sinashni o'zlashtirdi:
- IEC 60331-1 va IEC 60331-2 — bir vaqtning o'zida mexanik zarba ta'sirida alangada ish qobiliyatini saqlash;
- IEC 60331-21 — alangada ish qobiliyatini saqlash.
Bunday sinovlar yong'in paytida binolarning xavfsizlik tizimlarini elektr bilan ta'minlaydigan FR indeksli olovbardosh kabellar uchun zarur. ng(A), LS, FR va HF indekslari nimani anglatishi haqida «Kuch kabeli markalashini qanday o'qish kerak» maqolasida so'zlab beramiz.
Boshqa kompaniyalar uchun sinovlar
Laboratoriya faqat TCG mahsulotini tekshirmaydi. U kabel va sim mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchilari va importyorlari uchun ham sinovlar o'tkazadi.
Laboratoriya haqida batafsil — «TCG sinov laboratoriyasi» maqolasida.