Delegatsiyaga Dongfang Electric Corporation loyihalar bo'yicha direktori Vu Xao boshchilik qildi. Mehmonlarni «O'zeltexsanoat» uyushmasi vakillari kuzatib bordi.
Nimalar muhokama qilindi
Tashrifdan maqsad — Dongfangning O'zbekistondagi loyihalari uchun mahalliy ishlab chiqarilgan kabel va sim mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha muzokaralar. Ular orasida — Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida quvvati 300 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi.
Mehmonlar nimalarni ko'rdi
Delegatsiya TCG ishlab chiqarishini ko'zdan kechirdi, texnologik jarayonlar va amaldagi assortiment bilan tanishdi. Mehmonlar mahsulot turlari va sifati xalqaro talablarga qanchalik mos kelishini tekshirdi.
Tomonlar texnik masalalar, hamkorlik mexanizmlari va yetkazib berish shartlarini ochiq muhokama qildi.
Mehmonlar ko'rgan ishlab chiqarish qanday tashkil etilgani — «Kabel qanday tayyorlanadi» maqolasida. Quyosh elektr stansiyalariga qanday kabel kerakligi — «TCG quyosh elektr stansiyalariga kabel yetkazib bermoqda» yangiligida.