Laboratoriya ISO/IEC 17025 — sinov laboratoriyalarining kompetentligiga qo'yiladigan talablar bo'yicha xalqaro standart asosida akkreditatsiyalangan. U 85 ta sinov usuliga ega va kabel mahsulotining qabul-topshirish hamda davriy sinovlarining to'liq majmuasini bajaradi.
Elektr sinovlari
- izolyatsiyani oshirilgan kuchlanish bilan sinash — 35 kV gacha bo'lgan kabellar uchun;
- tomir qarshiligi va izolyatsiya qarshiligini o'lchash;
- sig'im va dielektrik yo'qotishlar burchagi tangensini o'lchash.
O'lchamlar va mexanika
- izolyatsiya va qobiq qalinligi, tashqi diametr, ovallik;
- uzilish kuchi va uzilishdagi cho'zilish;
- egilish va zarbaga chidamlilik;
- issiqbardoshlik va sovuqbardoshlik.
Yong'in sinovlari
- yakka va guruhli yotqizishda yonishni tarqatmaslik;
- tutun ajralishi va yonish mahsulotlarining korrozion faolligi — ng-LS, FRLS va HF kabellar uchun;
- IEC 60331 bo'yicha mexanik ta'sir ostida olovbardoshlik. TCG laboratoriyasi — O'zbekistonda bunday sinovlarni bajaradigan birinchi laboratoriya.
ng(A), LS, FR va HF indekslari nimani anglatishi haqida «Kuch kabeli markalashini qanday o'qish kerak» maqolasida so'zlab beramiz.
Har bir partiya nazorati
Har bir partiya kuchlanish bilan tekshiriladi, izolyatsiya va tomir qarshiligi o'lchanadi, izolyatsiya va qobiqning geometrik parametrlari hamda mexanik xossalari nazorat qilinadi. Maxsus ijrodagi kabellar uchun olovbardoshlik, tutun va gaz ajralishiga sinovlar qo'shiladi.
Laboratoriya va texnik nazorat bo'limining fotosuratlari — «Sifat nazorati va sinovlar» fotohisobotida. Mahsulot sertifikatlari — Sertifikatlar bo'limida.